Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida

Har bir fuqaro o‘z yurtining kelajagi uchun bor imkoniyatlaridan keng foydalanib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida o‘z hissasini qo‘shishi lozim. Ayni maqsadlarda, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining mas’ul xodimlari hamda Toshkent tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi shaxsiy tarkib bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida korrupsiya illati nimalarga olib kelishi, uning domiga tushmaslik uchun qay tartibda xizmat olib borish lozimligi va nimalarga e’tibor qaratish muhim ekanligi va buning uchun jazo muqarrar ekanligi tushuntirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech