Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

KORXONADA O‘QUV MASHQI

     Navoiy viloyati “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasida “O‘ta muhim va toifalangan ob'ektlarda fuqaro muhofazasi hamda yong‘in xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish” mavzusida kengaytirilgan seminar bo‘lib o‘tdi.

    Unda FVV va uning hududiy boshqarmasi xodimlari hamda respublikamizning barcha viloyatlaridan ishlab chiqarish korxonalarining shu sohaga mas'ul vakillari ishtirok etishdi.

   Tadbirda xavfsizlik masalalariga oid bo‘lgan bir qancha me'yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ularning sanoatda amal qilinayotganligi to‘g‘risidagi ma'ruzalar tinglandi. Shuningdek, korxonaning uzoq yillik tarixi va hozirgi kunda olib borilayotgan jarayonlarni aks ettiruvchi videorolik yig‘ilish ishtirokchilarga namoyish etildi.

   Shundan so‘ng shartli ravishda sodir etilgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar sharoitida ixtisoslashtirilgan tuzilmalar xodimlarining barcha harakatlari amaliy tarzda ko‘rsatib o‘tildi. Rejaga ko‘ra, harakatlar yong‘in sodir bo‘lgan binodan odamlarni evakuatsiya qilish, yong‘inni o‘chirish, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, shoshilinch tiklash ishlarini tashkil etish va boshqa tadbirlardan iborat bo‘ldi.

     Mashg‘ulot yakunida mutaxassislar tomonidan qatnashchilarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech