Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Koson tumanida joylashgan korxonada sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot

Bugun, 30-noyabr kuni soat 11:41 da Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Do‘stlik” MFYda joylashgan “Bunyodkor tekstil'” MChJ hududidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta qutqaruv avtomobili voqea joyiga soat 11:50 da yetib borib, yong‘in soat 11:53 da qurshab olingan va 12:40 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida omborxonaning taxminan 260 kv.m. maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab qoladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech