FVV ogohlantiradi:
11 dekabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Joylarda yomg'ir qor yog'ib,tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbga 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayadi. Harorat 8-13C iliq, shimolda 3-8C iliq buladi

KOSONDA UCH KUNLIK O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI...

 

Joriy yilning 26-28 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyati Koson tumanida “Boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimlarining tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha xamkorlikdagi harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik – shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Tadbirning birinchi kuni erta tongda “Yig‘in” signali berilib o‘quv mashqi boshlanib Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi (FVDT) xizmatlari, iqtisodiyot ob’ektlari va tashkilot, muassasalar rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Koson tumanidagi “Neftgaz qidiruv ekspeditsiyasi” MCHJ binosida o‘quv mashqi boshqaruv shtabi tashkil etilib, tuman Fuqaro muxofazasi xizmatlari xodimlaridan iborat navbatchilik yo‘lga qo‘yildi.

O‘quv mashqining asosiy maqsadi, xabar berish tizimining tayyorgarligi va barqaror ishlashini tekshirish, FVDT hududiy quyi tizimi organlarining favqulodda vaziyatlarda funksional vazifalarini bajarish yo‘nalishlarini aniqlashtirish, avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni bajarishda moddiy-texnik ta’minot masalalarini hal etish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini ko‘rib chiqish etib belgilandi.  

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech