FVV ogohlantiradi:
26 oktabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7*S iliq, kunduzi 17-22*S gacha iliq bo'ladi.

KUCHLI SHAMOL OQIBATLARI BARTARAF ETILDI

Kuni kecha respublikamizning Jizzax hamda Navoiy viloyatlarida18-23 m/s tezlikda kuchli shamol esdi. Buning natijasida ayrim aholi yashash xonadonlari va transport vositalariga zarar yetdi.

Kuchli shamol oqibatida Jizzax shahri Olmazor mahallasida joylashgan 1-ko‘p qavatli uyning 300 kv. metr maydondagi tomyopmasi qulab tushdi. Hodisada, shu uy oldida bo‘lgan “Lacetti” va “Cobalt” rusumli avtomobillarga texnik zarar yetgan. Undan tashqari Navoiy viloyati Uchquduq tumani Yo‘lchilar OFY, Do‘stlik MFY, Aytim MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarida ham shunday xolatlar kuzatilgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Ushbu holat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 2 ta maxsus texnika va 16 nafar quqtaruvchi jalb etilgan. Ayni vaqtda voqea joyida zaruriy tadbirlar amalga oshirilib, ishlar davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech