Bugun, 11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 4-bosqich kursantlari bilan “Ishlab chiqarish va yong‘in o‘chirish avtomatikasi” o‘quv fani bo‘yicha Fanlar Akademiyasi Yadro fizika instituti hududida mashg‘ulot tashkillashtirildi. Kursantlar va professor-o‘qituvchilarning o‘zaro suhbati davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha tajribali mutaxassislardan javoblar olib, o‘z bilimlarini yanada boyitdilar.