Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

2017 yilning 17 noyabr kuni Andijon, Samarqand va Urganch shaharlarida “Viloyat FVDqT xizmatlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning 2017-2018 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va betalofat o‘tkazish jarayonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etishda hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqidan ko‘zlangan maqsad Andijon, Samarqand va Xorazm viloyatlari FVDqT xizmatlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning 2017-2018 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va betalofat o‘tkazishga jalb etiladigan kuch va vositalarning tayyorgarlik holatini tekshirish, aholi va hududlarni gaz, elektr energiya hamda isitish vositalari bilan ta’minlash, ulardan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishida amaliy va nazariy ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi.

O‘quv mashqi ikki bosqichda: nazariy va amaliy tarzda o‘tkazildi.          

Maxsus-taktik o‘quv mashqi davomida shaxsiy tarkibning elektr energiyasi bilan bog‘liq avariyalarni bartaraf etish holatlari, avariya tiklash brigadalari texnikalari, Andijon, Samarqand va Xorazm viloyatlarining hududiy gaz ta’minotlari filialining aholiga suyultirilgan gaz etkazib beruvchi texnikalari, gaz tarmoqlaridagi nosozliklarini bartaraf etish uchun mo‘ljallangan avariya tiklash brigadalari texnikalari, kommunal  soha  tashkilotlarining texnikalari, asbob-anjomlari va jihozlari mavsumga shay holatga keltirilganligi o‘rganib chiqildi.

O‘tkazilgan o‘quv mashqida, hududiy FVB qutqaruv otryadlari, yong‘inga qarshi kurashish hamda tez tibbiy yordam xizmatlari tomonidan shartli ravishda yuzaga kelgan favqlodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar namoyish etildi.

 

FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech