2017 yilning 18-19 noyabr kunlari Farg`ona, Buxoro, Navoiy, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari shuningdek, Toshkent shahri “Viloyat FVDqT xizmatlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning 2017-2018 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va betalofat o‘tkazish jarayonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etishda hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
O‘quv mashqidan ko‘zlangan maqsad Farg`ona, Buxoro, Navoiy, Namangan, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent shahri FVDqT xizmatlari, korxona va tashkilotlar, muassasalarning 2017-2018 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va betalofat o‘tkazishga jalb etiladigan kuch va vositalarning tayyorgarlik holatini tekshirish, aholi va hududlarni gaz, elektr energiya hamda isitish vositalari bilan ta’minlash, ulardan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishida amaliy va nazariy ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Maxsus-taktik o‘quv mashqi davomida shaxsiy tarkibning elektr energiyasi bilan bog‘liq avariyalarni bartaraf etish holatlari, avariya tiklash brigadalari texnikalari, hududiy gaz ta’minotlari filialining aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beruvchi texnikalari, gaz tarmoqlaridagi nosozliklarini bartaraf etish uchun mo‘ljallangan avariya tiklash brigadalari texnikalari, kommunal soha tashkilotlarining texnikalari, asbob-anjomlari va jihozlari mavsumga shay holatga keltirilganligi o‘rganib chiqildi.
O‘tkazilgan o‘quv mashqida, hududiy FVB qutqaruv otryadlari, yong‘inga qarshi kurashish hamda tez tibbiy yordam xizmatlari tomonidan shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar namoyish etildi.
O`quv mashqlari 15-20 noyabr kunlari davomida deyarli barcha viloyat shaharlarida va Toshkent shahrida o`tkazildi. Respublikamizning boshqa hududlarida esa bu kabi o`quv mashg`ulotlari joriy yilning 30 noyabr sanasiga qadar o`tkazilishi rejalashtirilmoqda.
FVV Matbuot xizmati