FVV ogohlantiradi:
3 dekabr ob-havo o'zgaruvchan, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarida mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Respublikamizning boshqa hududlarda yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2*S sovuq - 3*S iliq, kunduzi 5–10*S iliq bo'ladi.

KUZ-QISH MAVSUMINI BETALOFAT O‘TKAZAYLIK!

Namangan viloyati FVB xodimlari gaz, elektr va boshqa hamkor tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda  ijtimoiy-iqtisodiy soha ob'ektlari,  ko‘p qavatli turar-joylar,  aholi xonadonlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarning is gazidan zaharlanishi, maishiy gazdan foydalanish bilan bog‘liq va boshqa favqulodda hodisalarning oldini olish maqsadida bir qator profilaktik tadbirlarni tashkil etmoqdalar.

Shuningdek, tadbirlar davomida mavjud avtomashinalar va ulardagi asbob-anjomlarning mavsumga tayyorligi ko‘zdan kechirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech