Kuni kecha, Navoiy viloyatining Nurota va Xatirchi tumanlarini bog‘lovchi “Oqtosh-Yangirobot-Chuya” avtomobil' yo‘lining “Langar” dovonida “Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda FVDT xizmatlari kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.
O‘quv mashqi 2 bosqichda o‘tkazildi. Birinchi bosqichda shaxsiy tarkib va texnikalarning shayligi saf ko‘rigi orqali tekshirilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda shartli ravishda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda avariya qidiruv hamda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi harakatlar amalga oshirildi.