Joriy yilning 28 aprel kuni Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Buxoro shahrida yashovchi N.Nasullaev telefon orqali murojaat qildi. Xabarga ko‘ra shaharning Mustaqillik ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda texnik nosozlik sababli lift ishdan chiqgan, kabinada esa uch nafar voyaga etmagan bolalar qo‘rqinch xolatida yordam so‘rashayotgan ekan.
Boshqarma qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga etib borishdi, maxsus qutqaruv asboblari yordamida lift eshigi ochilib bolalar chiqarib olindi. Bolalar sog‘-salomat.