2018 yil 15 mart kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Chilonzor tumanida yashovchi A.Berdimuratova telefon orqali murojaat qildi. Xabarga ko‘ra tumanning Olmazor-16 mavzesidagi ko‘p qavatli uyda texnik nosozlik sababli lift ishdan chiqgan, kabinada esa to‘rt nafar voyaga etmagan bolalar qo‘rqinch xolatida yordam so‘rashayotgan ekan.
Boshqarma qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga etib borishdi, maxsus qutqaruv asboblari yordamida lift eshigi ochilib bolalar chiqarib olindi. Bolalar sog‘-salomat.