FVV ogohlantiradi:
27 oktabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 15-20*S gacha iliq bo'ladi.

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun endi yangi tahrirda

Adliya vazirligi tomonidan mamlakatda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirishga qaratilgan va ilg‘or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi.

Qonun bilan joriy etilayotgan asosiy yangiliklar va afzalliklar quyidagilardan iborat: Qonun sohadagi ma’nan eskirgan va tarqoq holdagi amaldagi qonunchilik hujjatlarini unifikatsiya qilish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qoidalarni belgilashga qaratilgan. (Ma’lumot uchun: Qonun qabul qilinishi munosabati bilan ushbu sohaga oid 2 ta Qonun, 1 ta Oliy Majlis Qarori, 2 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori, 100 ga yaqin Hukumat qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmoqda) Qonun bilan 49 ta litsenziyalar, 120 ta ruxsat berish hujjatlari hamda 33 ta xabarnomalarning yakuniy ro‘yxatlari tasdiqlanmoqda. Vakolatli organni xabardor etish orqali faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq mutlaqo yangi mexanizm ilk bor joriy etilmoqda.

Shu bilan birga, 2021 yil 1 yanvardan boshlab xaftaning istalgan kuni
24 soat davomida yuridik shaxslar tomonidan “Yong’inni avtomatik tarzda o’chirish va yog’in signalizatciyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga tehnik xizmat ko’rsatish” faoliyatini boshlash huquqini beruvchi QR-kodga ega tasdiqnomalarni license.gov.uz “Litsenziya” axborot tizimida onlayn tarzda rasmiylashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Natijada ushbu faoliyatni boshlash uchun ariza va boshqa hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishda qabul qilish, litsenziyalarni maxsus blankalarda berish hamda davlat bojini undirish tartibi bekor qilindi.

Endilikda litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillaridan o‘tish faqat “Litsenziya” axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshirilishi qat’iy belgilandi. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish xususiyatiga ega hujjatlar qaysi holatlarda sud tomonidan hamda qaysi holatlarda vakolatli organ tomonidan bekor qilinishining aniq chegaralari belgilanmoqda litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etishga doir talablar va shartlarga rioya etilishini tekshirish tartibi yanada takomillashtirilmoqda.

Bunda:

- maxsus elektron tizim yordamida masofaviy nazorat, jismoniy
va yuridik shaxslar faoliyatini joyiga chiqqan holda tekshirish, shuningdek ularning faoliyatiga oid statistik axborot va ulardan so‘rab olingan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali;

- “xavfni tahlil etish” tizimi va jamoatchilik nazorati sub’ektlarining murojaatlari asosida amalga oshiriladi.

 Yuridik shaxslar tomonidan litsenziyasiz, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatsiz va vakolatli organni xabardor etmasdan tegishli faoliyatni amalga oshirganda ularga nisbatan jarima solish instituti joriy etilmoqda.

Bunda:

- jarima bir oyda ixtiyoriy to‘langanda uning 70% undirilishiga oid rag‘batlantiruvchi norma;

- jamoatchilik nazorati sub’ektlariga ularning qonun buzilishiga oid murojaatlari asosida undirilgan jarimaning 10% miqdorda pul mukofoti berilishi belgilanmoqda.

Mazkur Qonun tadbirkorlik sub’ektlariga keng qulayliklar yaratib, sohadagi byurokratik to‘siqlar, korrupsiyaviy omillar va davlat organlarida qonun buzilishi holatlarini bartaraf etishga, litsenziyalash va ruxsat berish bilan bog‘liq barcha jarayonlar to‘liq raqamlashtirilishi orqali ularning shaffofligi ta’minlanishiga, litsenziyasiz, ruxsatnomasiz va vakolatli organni xabardor etmasdan faoliyat amalga oshirilishining oldi olinishi va yuridik shaxslarning mas’uliyati yanada oshishiga xizmat qiladi.

  

O’zbekiston Respublikasi FVV

Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar

muammolari ilmiy – tadqiqot instituti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech