Bugun, 2-iyun kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida magistrantlarning tantanali bitiruv tadbiri o‘tkazildi. Tantanali tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev, vazirlik Akademiyasi boshlig‘i general-polkovnik Q.Berdiyev, vazirlik vakillari, Fuqaro muhofazasi instituti shaxsiy tarkibi va magistratura bitiruvchi tinglovchilarining ota-onalari ishtirok etishdi.
Tadbirda 2022/2023 o‘quv yilining bitiruvchi 25 nafar tinglovchilariga “Magistr” akademik darajasini tasdiqlovchi diplom va sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi.