FVV ogohlantiradi:
28-oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqatgina Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbiy yo'nalishga o'zgarib, 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan, ba'zi joylarda 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8*S iliq, shimolda 0-3*S sovuq, kunduzi 10-15*S iliq bo'ladi.

Maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarimizni vatanparvalik ruhida tarbiyalash, ularda milliy qadriyat va an’analarimizga nisbatan hurmatni yanada kuchaytirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, yurtimizda kitobxonlik madaniyatini, milliy adabiyotimiz va san’atimizni yanada rivojlantirish, ijodkorlarning mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish yo‘lida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu nuqtai nazardan, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 10 va 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilariga 150 dan ortiq turli mavzulardagi kitoblar sovg‘a qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida boshqarma boshlig‘i bugungi kunda yurt boshimiz tomonidan yoshlarimizning ta’lim olishiga bo‘lgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar to‘g‘risida to‘xtalib, kitob – ma’naviyatni yuksaltiruvchi bebaho xazina ekanligi, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarimizni muntazam ravishda kutubxonalarga a’zo bo‘lishlari zarurligi, bu esa ertangi buyuk kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech