Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Maktab o‘quvchilari bilimda bellashdilar

Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda Namangan va G‘urumsaroy garnizonlarida joylashgan Qurolli Kuchlar tarkibidagi harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlarini ta'limga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rag‘batlantirish maqsadida matematika, ingliz tili va insholar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkazilib, dastlabki bosqichda harbiy xizmatchilarning 6-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan ta'lim olayotgan 470 nafar farzandlari ishtirok etib, final bosqichida “Yosh matematik” va “Ingliz tili bilimdoni” yo‘nalishlari bo‘yicha 100 nafar, “Vatan taqdiri mening qo‘limda” mavzusida insho yozish bo‘yicha 110 nafardan o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech