Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Maktab o‘quvchilari bilimda bellashdilar

Xorazm viloyati FVB hamda Urganch harbiy prokuraturasi hamkorligida yoshlarga bagʻishlangan tadbirlar, yigʻilish hamda davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Xususan, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da harbiy xizmatchilarni farzandlarini ta’limga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida, Urganch garnizonida joylashgan harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning 6-sinfdan yuqori sinflarida tahsil olayotgan o‘quvchi farzandlari o‘rtasida matematika va ingliz tili fanlaridan “Yosh matematik” va “Ingliz tili bilimdoni” tanlovlari o‘tkazildi. Tanlovda faxrli o‘rinlarni egallagan va faol qatnashgan o‘quvchilar tadbir tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech