Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
18 fevral kuni respublika hududida yog'ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 5-10 С iliq. 18-19 fevral kuni respublikaning tog'li hududlarida qor ko'chish xavfi bor. Xonadoningizni istishda ochiq olovdan xamda nostandart va qo‘lbola yasalgan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanmang. Gazballonlarni yotoqxonaga olib kirish va foydalanish xayotingiz uchun xavfli. Isitish pechlaridan foydalanishdan avval ularning mo‘rikonlarining sozligini tekshiring. Gaz va boshqa muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa)da ishlovchi istish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling.

Maktab o‘quvchilari Zilzilani simulyasiya qilish markaziga tashrif buyurdilar

2017 yil 5 noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida «O‘quvchilarni zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash» mavzusida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Tadbirda Toshkent shahri Mirobod tumani 110-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilari, o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini yoshlarga o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.  

Tadbirda ishtirok etgan o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalarga  Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv otryadlaridagi mavjud qutqaruv asbob-anjomlari ko‘rgazmasi namoyish etildi. Tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markazi qutqaruvchilari qidiruv-qutqaruv ishlari davomida qo‘llaniladigan qutqaruv anjomlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib, ularning qanday tartibda ishlatilishini amalda ko‘rsatib berishdi.

Shundan so‘ng ishtirokchilarga Zilzilani simulyasiya qilish markazida markaz faoliyati, zilzila va u bilan bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi. Ishtirokchilar “Zilzila tarixi” muzeyida bo‘lib, zilzilaning yuzaga kelishi to‘g‘risidagi qadimgi tasavvurlar, ajdodlarimizning zilzilani o‘rganish borasida olib borgan izlanishlari, respublikamiz va dunyo tarixida yuz bergan halokatli zilzilalar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishdi. Mutaxassislarning zilzilabardosh binolar qurish bo‘yicha tavsiyalari, zilzila vaqtida vayron bo‘lgan binolarning maketlari ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.

Zilzila tufayli nafaqat bino va inshootlar zarar ko‘rishi, balki kishilar turli darajadagi tan jarohatlari ham olishi mumkin. Bunday paytda o‘ziga va atrofdagilarga birinchi yordam ko‘rsata bilish ko‘pchilikning hayotini asrab qolishi mumkin. Shu sababli tibbiyot xonasida birinchi yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan maxsus trenajyor yordamida olib borilgan amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinab ko‘rdilar.

Zilzila simulyatori o‘rnatilgan xona ishtirokchilarni hayratga solmay qo‘ymadi. Simulyator ichiga kirgan o‘quvchilar “birdan boshlangan zilzila” vaqtida beixtiyor harakat qilishga tushdilar. Zero, simulyator yordamida ko‘rsatib berilayotgan zilzila haqiqiy, tarixda ro‘y bergan kuchli tabiiy ofatga tenglashtirilgan edi.

Tadbir so‘nggida tadbir ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

FVV Matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar

Xitoylik fuqaroga yordam ko`rsatildi

2018 yilning 17 fevral kuni soat 11.50 da Toshkent viloyatining Chimyon tog`li hududida joylashgan "Chimyon" qutqaruv otryadining navbatchilik qismiga, Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Chan Shi tog'yo…

“Lasetti” haydovchisiga yordam berildi

Joriy yilning 14 fevral kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050 tezkor raqamiga Lasseti rusumli avtomashina haydovchisi tomonidan uning avtomashinasi Sergeli tumani Chortoq mah…

?

Vazirga savol

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech