FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

MALAKALI EKSPERT KADRLARNI TAYYORLASH BUGUNGI KUNNING DOLZARB VAZIFASI

     O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammmolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan yong‘inlarni sodir bo‘lish sabablari, rivojlanish jarayonlari va boshqa favqulodda vaziyatlarni tadqiq, ekspertiza qilish, voqea joylaridan ashyoviy dalillarni olish bo‘yicha metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish sohasi yo‘nalishida ko‘plab izlanishlar va o‘rganishlar olib borilmoqda.

     Shu jumladan, respublikamizda malakali yong‘in-texnik ekspertlarini tayyorlash uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratilgani ham ayni haqiqat. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1011-son va 2010 yil 16 dekabrdagi “Davlat sud eksperti sifatida attestasiyadan o‘tkazish Nizomini tasdiqlash haqida”gi 300-son qarorlari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirining 2020 yil 15 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ekspertiza bo‘linmalarining xodimlarini ekspert sifatida attestasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan Vazirlik tizimida Yong‘in-texnik ekspertlarini tayyorlash uchun asos va katta turtki bo‘ldi.

     Qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 16 noyabrdan 1 dekabr' kuniga qadar vazirlik Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammmolari ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent davlat transport universitetining o‘quv bazasida “Yong‘in-texnik ekspertizalarini tashkil etish va o‘tkazish” hamda “Zamonaviy funksional materillar” mavzulari bo‘yicha Yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarni tadqiq, ekspertiza qilish, shuningdek hududiy yong‘in-texnik markazlarining xodimlari tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida tahsil oldilar.

       Mavzularni yoritish maqsadida sohaning yetuk professor va ekspert mutaxassislari taklif etildi.

     Malaka oshirish kurslari yakunida “Yong‘in-texnik ekspertizalarini tashkil etish va o‘tkazish” mavzusida malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlaganlik sertifikatlari topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech