FVV ogohlantiradi:
2 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir yog'ish mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-28 m/s (61-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 19-24*S iliq bo'ladi.

Ma’lumot xabarnomasi

Joriy yilning 18 may kuni soat 17:40 da Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani “Elobod”, “Azlarsoy” va “Bogor” mahallalari hududida sel oqimlari yuzaga keldi.

Sel oqimlari natijasida mahallalardagi 116  xonadanga suv kirgan ushbu xonadonlardan 754 nafar fuqaro havfsiz joylarga ko‘chirildi.

Sel oqimlari oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumani xokmiyatida Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirliklari, tuman kommunal xizmatlari va boshqa tegishli idoralar vakillaridan iborat shtab tashkil etildi. 

Kerakli kuch va vositalar safarbar etildi.

Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech