Joriy yilning 18 may kuni soat 17:40 da Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani “Elobod”, “Azlarsoy” va “Bogor” mahallalari hududida sel oqimlari yuzaga keldi.
Sel oqimlari natijasida mahallalardagi 116 xonadanga suv kirgan ushbu xonadonlardan 754 nafar fuqaro havfsiz joylarga ko‘chirildi.
Sel oqimlari oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumani xokmiyatida Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirliklari, tuman kommunal xizmatlari va boshqa tegishli idoralar vakillaridan iborat shtab tashkil etildi.
Kerakli kuch va vositalar safarbar etildi.
Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmadi.