Joriy yilning 18 may kuni soat 17:30 da Namangan viloyatining Kosonsoy tumani “Rovot”, “Guzar”, “Bog‘” “Soybo‘yi”, “Xonqurg‘on”, “Yangishahar”, “Yangiyo‘l”, “Qozoqovul” i “Bulaqboshi” mahallalari hududida kuchli jalali yomg‘ir yog‘ishi natijasida 543 ta xovli qisman suv ostida qolgan.
Mahallar hududidagi irrigatsiya tizimlari ko‘p miqdordagi yomg‘ir suvlarini sig‘dira olmaganligi sababli quyida joylashgan aholi xonadonlarga suv kirgan.
Ijtimioiy soha obektlariga suv kirmagan. Aholini ko‘chirish ishlari talab etilmadi.
Sel oqimlari oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Kosonsoy tumani xokmiyatida Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirliklari, tuman kommunal xizmatlari va boshqa tegishli idoralar vakillaridan iborat shtab tashkil etildi.
Kerakli kuch va vositalar safarbar etildi.
Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmadi.