FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

MAQSADIMIZ HECH KIM JABR KO‘RMASIN

FVV xodimlari respublika miqyosida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda fuqarolarining nostandart, qo‘lbola gaz va elektr isitish moslamalaridan foydalanishlari oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, gaz-havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanish kabi noxush hodisalarning sodir bo‘lishini oldini olish borasida muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazmoqda. 

Ana shunday tadbirlardan biri kuni kecha Andijon viloyatida tashkil etildi. Shuningdek, tadbir davomida Andijon Davlat universiteti yotokxonasida talabalarga birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech