FVV ogohlantiradi:
25 fevral kuni ob-havo oʼzgaruvchan, yogʼingarchilik kutilmaydi. Аyrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, vaqti-vaqti bilan 25-28 m/s (90-101 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq, shimolda kechasi 17-22*S sovuq, kunduzi 8-13*S sovuq boʼladi.

MARD, JASUR VA SADOQATLI VATANPARVARLARNI TARBIYALASH – MAKTAB OSTONASIDAN BOSHLANADI!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zahirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda «Vatanparvarlik oyligi» doirasida mamlakatimizda keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida «Mard, jasur va sadoqatli vatanparvarlarni tarbiyalash – maktab ostonasidan boshlanadi!» shiori ostida tashkil etilgan «Ochiq eshiklar kuni» yuqori savida o‘tkazildi.
Tadbirni Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Dilshod Toxtamuradov ochib, tadbirdan ko‘zlangan maqsad - aholida milliy armiyadan faxrlanish va unga bo‘lgan ishonch hissini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni ta'minlash, vazirlik tizimidagi harbiy xizmatchi va xizmatchilar qalbida ona yurtga cheksiz mehr-muhabbat hamda sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, vatanparvarlik, xalqparvarlik fazilatlarini yuksaltirish, ularni sharafli qutqaruvchilik kasbiga sadoqat va matonat bilan yondashish sari undashdan iboratdir deya alohida ta'kidladi.
Tadbirda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sergeli tuman kengashi, Mudofaa vazirligi harbiy orkestri, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va FVV Akademiyasiga biriktirilgan Toshkent shahar Yunusobod tuman halq ta'limi bo‘limi 86-96-97-307-sonli umumta'lim maktablari, Yashnobod tuman halq ta'limi bo‘limi 204-sonli umumta'lim maktabi Sergeli tumani xalq ta'limi bo‘limi, Sergeli tumanidagi 2-3-284-sonli umumta'lim maktablari va Sergeli tumanidagi 300-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari, Akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Akademiyada qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etayotgan yosh avlodni ko‘nglidan kelgusida Vatan himoyasi uchun harbiylar safida xizmat qilishdek sharafli kasbni orzu qilishga undaydigan qiziqarli chiqishlar, shuningdek, Sergeli tumanidagi 300-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o‘quvchilarining chiqishlari, kursantlarning qo‘l jangi sport turi bo‘yicha chiqishlari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi qoidalari, saf me'yorlari, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha viktorinalar, yoshlarni yanada qiziqishini uyg‘otgan yong‘in o‘chiruvchi va qutqaruvchining jangovar kiyimini vaqt me'yorlari bo‘yicha kiyish qiziqarli musobaqalari, o‘quv yong‘in-qutqaruv minorasining
4-qavatidan o‘z-o‘zini qutqarish hamda ishg‘ol qilish narvoni yordamida
4-qavatga ko‘tarilish mashqining namoyishi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in o‘chirish va qutqaruv texnikalarining ko‘rgazmali namoyishi, yong‘in o‘chirish amaliy sporti bo‘yicha jangovar yoyilish ko‘rgazmali chiqishlari hamda Akademiyaning «Ma'naviyat va ma'rifat markazi» boshlig‘i podpolkovnik Savriddin Najmiev hamda Tibbiyot

xizmati fel'dsheri, oddiy askar Nurjigit Xaldarovlar tomonidan jonajon Vatanimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etilishi yoshlarda katta taassurot qoldirdi va kelajakda harbiy bo‘lish hissiyoti va ushbu kasbga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortdi.
— Bugungi yoshlarimiz uchun armiyada xizmat qilish shon-sharaf ishiga aylangan, Vatan himoyasini qalb ishi deb qabul qilish, milliy armiyamiz safidan joy egallashga intilish orzusi kuchaygan. Zero, buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temur aytganidek «Kuch bilan birni, aql va mustahkam ruh bilan mingni yengish mumkin» deydi – podpolkovnik Baxshillo Jahonqulov. — Bugungi kunda harbiylarga ko‘rsatilayotgan e'tibor va g‘amxo‘rlik tufayli yoshlarning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishi va intilishi ortib bormoqda. Mana shunday vatanparvarlik ruhini targ‘ib qiluvchi o‘tkazilayotgan amaliy tadbirlar, o‘z navbatida, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘ziga xos namuna bo‘lmoqda Yoshlarimizda jonajon Vatanimizga bo‘lgan sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, mard, jasur va sadoqatli vatanparvarlarni tarbiyalash, muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, avvalo maktab ostonasidan boshlanadi.
— Ona Vatanimizni qat'iyat bilan himoya qilish, osmonimiz musaffoligi, hayotimiz osudaligi Qurolli Kuchlar tizimidagi oliy harbiy ta'lim muassasalari qatorida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasini kursanti sifatida o‘qiyotganligimdan faxrlanaman. Albatta, Akademiyada «Vatanparvarlik oyligi» doirasida «Mard, jasur va sadoqatli vatanparvarlarni tarbiyalash – maktab ostonasidan boshlanadi!» shiori ostida bugungi o‘tkazilayotgan «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri bir qator yoshlarimiz qalbida, vatanparvarlik tuyg‘ulari jo‘shib turgan ukalarimizning ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazilayotgan tadbirlardan biri bo‘ldi deydi – Akademiyaning 3- bosqich kursanti Abror Nabijonov. — Bizning kasbimizga, ushbu tadbirda faol qatnashayotgan yosh ukalarimizni qiziqishlari yanada ortganligi hamda harbiy sohani tanlash bilan birga kelgusida a'lo baholarga o‘qib, oliy harbiy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishlari uchun ularga omad tilayman.
— Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash borasidagi muhim amaliy ishlarni davom ettirishimiz zarur va asosiy maqsadimiz ham yetuk malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat hisoblanadi deydi — Sergeli tumani 284-umumta'lim maktabining ma'naviiy - ma'rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Zuhra Sulaymonova. — Zero, yoshlar ertangi kunimizning egalaridir, ularni biz bugun qanchalik ilmiy, ma'naviy, ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlasak, kelajagimiz shunchalik yorqin bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Farhodjon XOJAEV,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
akademiyasi o‘qituvchisi, kapitan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech