FVV ogohlantiradi:
20 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 22-27*S gacha iliq bo'ladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari favqulodda vaziyatlar idoralari mutaxassislarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kutilmagan tabiiy vaziyatlar yuzaga kelishini baholash uchun yagona axborot makonini ishlab chiqish, kadrlar salohiyatini oshirish, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasiga investisiyalarni faol jalb etish hamda qo‘llab-quvvatlash.  

Aynan ushbu yo‘nalishlardagi amaliy harakatlar dasturi joriy yilning noyabr' oyida Toshkentda o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo mamlakatlari favqulodda vaziyatlar idoralari vakillari yig‘ilishida qabul qilinadigan hujjatlar to‘plamiga kiritiladi. 

Shu munosabat bilan poytaxtda bo‘lajak mintaqaviy forum oldidan ekspertlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech