Poytaxtimizda Markaziy Osiyo mamlakatlari favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining navbatdagi Mintaqaviy Forumi o‘z ishini yakunladi. Tadbir davomida ixtisoslashtirilgan tuzilmalar rahbarlarining ma'ruzalari tinglanib, aholi va hududlarni transchegaraviy tusdagi tabiiy ofatlardan muhofaza qilish sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq tashabbus va takliflar bildirildi. Bu borada alohida e'tibor innovasion texnologiyalarni joriy etishga qaratildi. Forum yakunlari bo‘yicha tomonlar mintaqa mamlakatlari favqulodda vaziyatlar idoralari o‘rtasidagi hamkorlikning barcha jihatlarini o‘zida aks ettirgan bayonnomani imzoladilar. Navbatdagi Forum 2022 yilda Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida aholini va hududlarni tabiiy ofatlardan muhofaza qilish sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish: Toshkentda Mintaqaviy Forum yakunlari Markaziy Osiyo mamlakatlarida aholini va hududlarni tabiiy ofatlardan muhofaza qilish sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish: Toshkentda Mintaqaviy Forum yakunlari sarhisob qilindi
- Qo'shildi: 06.11.2021
- Chop etish
- Ko'rishlar: 2591