Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Marxamat tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot

Bugun, 17-iyun kuni soat 06:52 da Andijon viloyati Marxamat tumani “O‘zbekiston” MFY, Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan “Beshbola” umumiy ovqatlanish oshxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 06:56 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 07:08 da qurshab olingan va soat 07:58 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida oshxona 3 qavatining taxminan 250 kv.m. maydonda tom, shift va ichki qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech