FVV ogohlantiradi:
25 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esаdi,. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 41*S gacha issiq bo‘ladi.

Matbuot anjumani kuz-qish mavsumiga bag‘ishlandi

2018 yilning 7 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, ularning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi, unda asosiy e’tibor fuqarolarning sifatsiz konserva maxsulotlaridan zaxarlanishi hamda qutirish kasalliklarini oldini olish tadbirlariga qaratildi.

Anjuman Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashabbusi asosida Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar vazirligi Davlat veterenariya qo‘mitasi hamda Mahalla jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etildi shuningdek, tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Matbuot anjumanida mas’ul mutaxassislar tomonidan kuz-qish mavsumida aholi tomonidan konservalangan mahsulotlar iste’moli ko‘payishi hamda hayvonlar o‘rtasida migratsiya jarayoni kuchayishi sababli fuqarolarmiz salomatligi muhofazasi yo‘nalishida samarali tadbirlarni amalga oshirish mavzularida ma’ruzalar qilindi. 

Anjuman yakunida mutaxassislar va OAV xodimlari o‘rtasida o‘zaro savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidagi mavzular yuzasidan berilgan savollarga soha vakillari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech