FVV ogohlantiradi:
6 dekabr куни ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7*S sovuq, kunduzi 2–7*S iliq bo'ladi.

Matbuot anjumani o‘tkazildi

Havo haroratining keskin pasayib, kunlar sovishi natijasida fuqarolarning elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalariga bo‘lgan ehtiyoj ortib ketishi tabiiy hol albatta. Ammo, ulardan foydalanishda e'tiborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatilishi oqibatida favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar sodir bo‘lishi xavfi ortadi.

Ayni mavzuda joriy yilning 16 oktyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikusiyalar agentligi binosida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda boshqa tegishli tashkilotlar vakillari tomonidan kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish doirasida olib borilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha ma'lumotlarni o‘qib eshittirildi.

Tadbir davomida OAV vakillari mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech