FVV ogohlantiradi:
27 oktabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 15-20*S gacha iliq bo'ladi.

Matbuot anjumani o‘tkazildi

2017 yilning 18 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, ularning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjuman Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashabbusi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda “O‘ztransgaz” AK hamkorligida tashkil etildi.

Unda, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat veterinariya qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, Yong‘inga qarshi kurash jamiyati, shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Matbuot anjumanida mas’ul mutaxassislar tomonidan kuz-qish mavsumida aholi tomonidan nostandart gaz qurilmalaridan foydalanishga ehtiyoj oshishi, konservalangan mahsulotlar iste’moli ko‘payishi hamda hayvonlar o‘rtasida migratsiya jarayoni kuchayishi sababli fuqarolarmiz salomatligi muhofazasi yo‘nalishida samarali tadbirlarni amalga oshirish mavzularida ma’ruzalar qilindi. 

Ma’ruzalarda ta’kidlanganidek, yil boshidan bugungi kunga qadar is gazi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida bozorlarda, qozonxonalar, g‘isht zavodlari va novvoyxonalarda va boshqa korxona tashkilotlarda reydlar o‘tkazilib, tekshiruvlar natijalariga ko‘ra 2115 ta nostandart va “qo‘lbola” isitish moslamalari sotuvdan chiqarilgan, 1378 ta ob’ekt faoliyati batamom to‘xtatilgan, shuningdek joylarda 16 mingdan ortiq davra suhbatlari o‘tkazildi.

Bundan tashqari, o‘quv muassasalarida, tashkilot va korxonalarda o‘tkazilgan suhbatlar va seminarlar, shuningdek, mahallalardagi ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar bilan uyma-uy yurib, targ‘ibot ishlari olib borilganligi va 300 mingdan ortiq eslatma, bukletlar tarqatilganligini ham alohida qayd etib o‘tish joiz.

Anjuman yakunida mutaxassislar va OAV xodimlari o‘rtasida o‘zaro savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidagi mavzular yuzasidan berilgan savollarga soha vakillari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech