Bugun, 22-fevral kuni Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va is gazidan zaharlanishlarning oldini olish” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda, boshqarma boshlig‘i O‘lmas Meyliyev ishtirok etib, mavsumga tayyorgarlik ishlari doirasida viloyat hududida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar va yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ma'lumotlar berdi.
Jurnalist, bloger va OAV vakillari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.