FVV ogohlantiradi:
13 noyabr kuni ob-xavo joylarda o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 10-15 C iliq bo'ladi.

Matbuot anjumani Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuniga bag’ishlandi

Joriy yilning 14-oktyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani o‘tkazildi. Mazkur anjuman Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuniga bag‘ishlandi.

Anjumanda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zgidromet markazi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar, ishtirokchilarga mamlakatimiz hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berib o‘tdilar.

Ta’kildash joizki, mazkur anjuman qiziqarli, shu bilan birga, savol va mulohazalarga boy tarzda o‘tdi. Jumladan, is gazidan zaharlanishdan, sel, suv toshqini, ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar mavzusidagi mutaxassislarning nuqti OAV xodimlarida katta qiziqish uyg‘otdi.  

Tadbir so‘nggida, jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha ma’lumot oldilar.

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech