FVV ogohlantiradi:
27 oktabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 15-20*S gacha iliq bo'ladi.

Mavsumga tayyorgarlik ishlari Toshkent viloyatida

Kuni kecha, “Paxta-2021” mavsumi doirasida Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida joylashgan paxtani qayta ishlash korxonasida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqi g‘oyasiga ko‘ra, amaliy harakatlar korxona hududida shartli ravishda sodir etilgan yong‘inni bartaraf etish, yong‘in oqibatida jabrlangan insonlarni xavfsiz joylarga evakuasiya qilish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlaridan iborat bo‘ldi.

Bundan tashqari, korxona ishchi-xizmatchilari hamda kombayn operatorlariga mavsum davomida ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish yuzsidan zarur tavsiyalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech