Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Mavsumni betalofat o‘tkazaylik

Barchamizga ma'lumki paxta tez alangalanuvchi xom ashyo hisoblanadi, shu boisdan uni yong‘indan muhofaza qilish eng muhim vazifalardan biridir.

Ayni maqsadda bugun, 24-sentyabr kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan paxta tashishga mo‘ljallangan texnikalarning holati bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Unda texnikalarga ortilgan paxta xavfsiz tarzda manzilga yetkazilishida texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha haydovchilar bilan suhbatlar olib borilib, ularga zarur tavsiyalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech