Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Mavsumni betalofat o‘tkazish maqsadida

Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan “Ashshi” ko‘l suv xavzasida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish funksiyasiga ega xizmatlar hamkorligida “Suv havzalarida xavfsizlikni ta'minlash choralari hamda kichik hajmli kemalardan to‘g‘ri foydalanish tartibi” mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Nazariy va amaliy tarzda o‘tkazilgan tadbirning nazariy qismida tegishli xizmatlar vakillarining maruzalari tinglanib, aholini suvda cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalaridan muhofaza qilish maqsadida barcha daryo, soy, ko‘l, kanallar va boshqa cho‘milish uchun mo‘ljallanmagan joylarda kunlik nazoratni kuchaytirish va voyaga yetmagan yosh bolalarni belgilanmagan joylarda cho‘milmaslik choralarini ko‘rish masalalari ta'kidlab o‘tildi.

Shundan so‘ng, ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazilib, unda insonlarni suvda cho‘kishi bilan bog‘liq holatlarda qutqaruv ishlarini olib borish tartibi bo‘yicha  amaliy harakatlar sinovdan o‘tkazildi.

O‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqida barcha ishtirokchilarga mavzuga oid eslatma bukletlari tarqatildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech