Kuni kecha Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli xizmatlar bilan xamkorlikda Termiz shahrida joylashgan “Amfiteatr” hududida “Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuz berganda ob'ekt rahbariyati, FM tuzilmalari va ishchi-xizmatchilarining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv mashqi uch bosqichda o‘tkazilib, dastlabki bosqichda tegishli xizmatlarning kuch-vositalari saf ko‘rigi orqali ko‘zdan kechirilgan bo‘lsa, navbatdagi bosqichda esa ob'ekt hududida shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda FVDqTga kiruvchi tuzilmalarining harakatlari, ishchi-xodimlarini xavfsiz hududlarga evakuasiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va favquldda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirildi.
Yakuniy bosqichda bajarilgan ishlar muhokama qilinib, kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etish borasida muhim vazifalar belgilab olindi.