FVV ogohlantiradi:
8 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-38*S issiq bo'ladi.

Maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Xorazm viloyati Urganch xalqaro aeroportida "Yangi turdagi koronavirus infeksiyasini viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olishda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va ularni bartaraf etish davlat quyi tizimlari rahbar organlari kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan mashqda viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Bojxona boshqarmaalari, Chegara qushinlari, O‘zbekiston milliy gvardiyasi Xorazm viloyati boshqarmasi, Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik agenligi, Davlat chegarasi va transportdagi veterinariya nazorat boshqarmasining kuch va vositalarning bu kabi hodisalarga shayligini amalda sinovdan o‘tkazildi.
Mashq yakunida karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni chetdan kirib kelishi, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar, koronavirus xaqida tushuncha va uning profilaktikasi kabi mavzularda davra suhbati o‘tkazildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech