FVV ogohlantiradi:
27 oktabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 15-20*S gacha iliq bo'ladi.

Maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Kuni kecha  Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli xizmatlar ishtirokida Farg‘ona shahrida joylashgan 2-sonli shifoxonada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga oid  maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqi rejasiga ko‘ra, shifoxona binosida shartli ravishda yong‘in sodir bo‘ldi. Zudlik bilan qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, ishchi-xizmatchilarni xavfsiz joyga evakuasiya qilish, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish va favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish tabirlarini amalga oshirdilar.

Tadbir yakunida soha xodimlari kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha shifoxona ishchi-xizmatchilariga zarur tushuncha va tavsiyalar berdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech