Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Maxsus xabarnoma

Rossiya Federatsiyasi FVVning Milliy Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazining (NSUKS) xabariga ko‘ra, joriy yilning 21 avgust kuni tahminan soat 10:05larda  Moskva viloyati, Kotelniki shaharchasi Sosnovaya ko‘chasi 2 bo‘limi, 4 qurilish shaharchasi “Boez-Konrtakshn” firmasiga qarashli qurilishda ishlovchi jami 26 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Kotelniki shahar kasalxonasining tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limiga ovqatdan zaxarlanish ya’ni “Gastroenterit” tashxisi bilan yotqizilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, jabrlanganlar 26 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligi aniqlangan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, 18 avgust kuni, turli oziq-ovqat maxsulotlarini ist’emol qilganligi hamda sog‘ligi yomonlashganligi va uy sharoitida o‘zlarini davolashga uringanligi lekin barcha urinishlar samarasiz bo‘lgach, Kotelniki shahar Tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limiga yordam so‘rab murojaat qilganligi aniqlangan.

Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga yetib kelgan hamda 24 nafar jabrlanuvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan. Ularning 23 nafari kasalxonaga yotqizilgan, 2 nafari  davolanishdan bosh tortgan va 1 nafari tibbiy yordam yetib kelguniga qadar vafot etgan. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra jabrlanganlar “Gastroenterit” tashxisi qo‘yilgan.

 

Lyuberetskaya shaxaridagi 1-sonli  kasalxonaga yotqizilganlar:

  • 1.Matan ov Modat Rimbayevich;
  • 2.Kozokboyev Usmon Begamovich;
  • 3.Narboyev Sharafbek Mumikovich;
    4.Talimov Husan Shoniezovich;
  • 5. Muxtorov Anji Yusupovich;
  • 6. Muyudov Ulug‘bek;
  • 7. Zaynetdinov Xoshimjon Abdullajon o`g`li;
  • 8. Eshquvvatov Sobirjon Shobirjonovich. 

 

  • Lyuberetskaya shahridagi 2-sonli kasalxonaga yotqizilganlar:
  • 1. Xoldarov Donieor Mamarasulovich;
  • 2.Tursunov Kuvonch Zafarovich;
  • 3. Kamalov Samaridin Tolxinovich;
  • 4. Xudoyqulov Anvar Ruzmamatovich;
  • 5. Qudratov Zarif Nabiyevich.

 

 Ramenskaya markaziy kasalxonasiga yotqizilganlar:

  • 1.Tayumov Ebabek Abdurazoqovich;
  • 2.Tagayev Lochin Gulmuradovich;
  • 3. Babadjanov Artur Raximbakovich;
  • 4. Abdullaev Muxtor Sobirovich;
  • 5. Davlatov Izzatbek Xudoyberganovich;
  • 6. Axmedov Maqsadbek Radjabovich.

 

  • Jukovskaya shaxar kasalxonasiga yotqzilganlar:
  • 1. Chuxoyev Abduxalim Abduraxmonovich;
  • 2. Rasulov Otabek Normeygaliyevich;
  • 3. Ermakov Xursand Soatbekovich;
  • 4.Torshiyev G`ayrat Xurramovich. 

Hozirgi vaqtda 23 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda va ularning ahvoli yaxshilanmoqda.

         Kasalxonaga yotishdan bosh tortganlar:

  • 1. Obidov Suxrob Zuhratdinovich;
  • 2. Tarimov Akbar Egamberdiyevich.

 

Vafot etgan fuqaro:

Eshmetov Odilbek Otanazarovich 11.04.1985 Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Moskva viloyati morgida saqlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi marhumni O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish uchun tegishli choralar ko‘rmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech