Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Maxsus xabarnoma

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2018 yil 25 sentyabr kuni soat 20:40 da olingan ma’lumotga asosan, shu kuni soat 17:30 larda Nurota tumani hududidan o‘tuvchi 4R-36 “Jizzax-Forish-Qizilcha” avtomobil yo‘lining 40-41 km oralig‘ida harakatlanib kelayotgan “Toyota” rusumli d/r 001 M 004990 avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Lasetti” rusumli, d/r 85 V 464 DA avtomobil bilan to‘qnashub ketgan.

YTH natijasida “Toyota” rusumli avtomobilda bo‘lgan Pokiston Islom Respublikasning ikki nafar fuqarosi hamda O‘zbekiston Respublikais fuqarosi bo`lgan  “Lasetti” avtomobili haydovchisi  xalok bo‘lgan  1 nafar  Pokiston Islom Respublikasning fuqarosi turli darajada tan jarohati olgan.

Jarohatlangan fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyati filialiga yotqizilgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech