FVV ogohlantiradi:
29 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, bazi hududlarda qorga aylanishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yomg'ir qor yog'adi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

Maxsus xabarnoma

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2018 yil 29 sentyabr kuni soat 21:25da olingan ma’lumotga asosan, joriy yilning 28 sentyabr kuni viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 16 nafar va 29 sentyabr kuni 7 nafar, jami 23 nafar fuqarolar ovqatdan zaharlanish “O‘tkir gastroenterit” tashxisi bilan yotqizilgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 27 sentyabr kuni Qarshi shahridagi “Baxtli oila” to‘yxonasida to‘y marosimida turli hildagi oziq-ovqat mahsulotlarini aralash iste’mol qilishgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech