Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Maxsus xabarnoma

2020 yil 09 yanvar kuni soat 23:17da Chilonzor tumani Bunyodkor va Furqat ko‘chalari chorrahasida “BMW” rusumli hamda “LACETTI” rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz bergan. Buning oqibatida, “BMW” rusumli avtoulovning motor va salon qismi hamda “LACETTI” rusumli avtoulovning salon qismida yong‘in sodir bo‘lgan.
Ayanchlisi mazkur hodisada 2 nafar fuqarolar voqea joyida vafot etgan, 2 nafari esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech