Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
10 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, joylarda yogingarchilik. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm, Buxoro, navoiy viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 5-10 C iliq bo'ladi.

Maxsus xabarnoma

 

Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma’lumotga asosan, 2018 yil 22 sentyabr kuni soat 06:00larda Oltiariq tumani “Belariq” MFY hududidan o‘tuvchi PK- 51.2 “Navbahor – Uch uy – Oltiariq – Vodil” avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan “Lasetti” rusumli, d/r 40 S 039 OA avtomobil vositasi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan “VAZ-2106” rusumli, d/r 40 O 976 RA hamda “Lasetti” rusumli, d/r 40 Q 220 DA avtomobil vositalari bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada, “VAZ-2106” rusumli, d/r 40 O 976 RA avtomobil vositasi yo‘lning o‘ng tarafidagi zovurga tushib ketgan, “Lasetti” rusumli, d/r 40 Q 220 DA avtomobil vositasi ham yo‘lning o‘ng tarafidagi zovurga tushib, yonib ketgan.

 YTH natijasida, 3 nafar fuqaro vafot etgan, 3 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

 Vafot etgan fuqarolar:

  1. Baxtiyor Xojiakbarov, 1977 y.t. (“Lasetti” rusumli, d/r 40 S 039 OA avtomobili haydovchisi).
  2. A’zamjon Maxmudov, 1999 y.t. (“Lasetti” rusumli, d/r 40 S 039 OA avtomobili yo‘lovchisi).
  3. Axrorjon Kamoliddinov, 1999 y.t. (“Lasetti” rusumli, d/r 40 Q 220 DA avtomobili yo‘lovchisi).

Tan jarohati olgan fuqarolar:

  1. Kamoliddin Manazarov, 1938 y.t. (“Lasetti” rusumli, d/r 40 Q 220 DA avtomobili haydovchisi).
  2. Xursanoy Manazarovа, 1952 y.t. (“Lasetti” rusumli, d/r 40 Q 220 DA avtomobili yo‘lovchisi).
  3. Dilmurod Komilov, 1989 y.t. (“VAZ-2106” rusumli, d/r 40 O 976 RA avtomobili haydovchisi).

Jarohatlangan fuqarolar Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

O'xshash yangiliklar

O‘z vaqtida amaliy yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 9 iyun kuni soat 21:00 larda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcherlik xizmatining 1050 tezkor raqamiga, Buxoro shaharida yashovchi fuqaro M. D. tomonidan…

BRIFING O‘TKAZILDI

2018 yil 31-may kuni Ozbekiston Milliy matbuot markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 2018 yilda sel-toshqin va kochki hodisalari bilan bogliq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlar…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech