FVV ogohlantiradi:
7 mart kuni ob-havo o'zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg'irgarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m / s tezlikda esadi (25-43 km / soat). Kechasi 0-5*C iliq', kunduzi 8-13*C daraja issiq bo'ladi.

“Men g‘olib” shiori ostida yugurish bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligiga hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning 300 dan ortiq harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Men g‘olib” shiori ostida 10 km masofaga yugurish musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizligi xizmati, Milliy Gvardiya hamda Bojxona qo‘mitasi terma jamoalari ishtirok etdi.

Terma jamoa a'zolari ichida eng yaxshi natijani vazirlik Akademiyasi 3-bosqich kursanti A.X.Axmedov birinchi o‘rinni, 4-bosqich kursanti U.B.Maxmudov ikkinchi o‘rinni hamda 3-bosqich kursanti B.Q.Jo‘raev uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritib, vazirlikning 1,2,3-darajali diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech