Bugun, 5 dekabr kuni Namangan viloyati Norin tumani “Yoshlik o'yingohi”da yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ularni harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida harbiy texnikalarning namoyishlari tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya harbiy texnikalari bilan bir qatorda Favqulodda vaziyatlar vazirligining qidiruv, yong‘in-qutqaruv avtomashinalari va ulardagi mavjud qutqaruv hamda yong‘in o‘chirish asbob-anjomlari bilan yaqindan tanishdilar.Har bir ko‘rsatilgan texnikalar o‘quvchi yoshlarni bee'tibor qoldirmadi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarda vatanga, yurtiga bo‘lgan sadoqat, harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.