FVV ogohlantiradi:
15 aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 20-25*S iliq bo'ladi.

MEN QUTQARUVCHI BO‘LAMAN!

Kuni kecha Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiylik, xususan, qutqaruvchilik kasbiga qiziqtirish maqsadida, tuman va shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari tomonidan "Men qutqaruvchi bo‘laman!" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.

Unda Ohangaron tuman, shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari qidiruv-qutqaruv otryadi harbiy xizmatchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda yoshlarga qutqaruvchilik kasbi, uning sir-asrorlari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, maxsus texnikalar, qutqaruvchilik kasbiga doir asbob-uskunalar namoyish etilib, ulardan foydalanish bo‘yicha o‘ziga xos "master klass" o‘tildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech