Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Me'yoriy hujjatlar takomillashtirildi

Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, aholi hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulkiga xavf-xatar tug‘ilganda kompleks yordam ko‘rsatish, favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda ular to‘g‘risida aholini o‘z vaqtida ogohlantirish va yana qator ustuvor vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida, Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan mavzuga doir rahbariy hujjatlar ishlab chiqildi. 

Jumladan:

1. RH 01-001:2022 “Avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari. O‘rnatishga talablar, ishlarning bajarish va qabul qilish qoidalari” suvli, ko‘pikli, gazli, aerozolli, kukunli va robotlashtirilgan avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalarini montaj qilish, sozlash, sinov ishlarini olib borishda va foydalanishga topshirish ishlariga tadbiq etiladi.

2. RH 01-002:2022 “Avtomatik yong‘in signalizatsiya qurilmalari. O‘rnatishga talablar, ishlarni bajarish va qabul qilish qoidalari” avtomatik yong‘in signalizatsiya qurilmalarini o‘rnatish, sozlash, ta'mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish, sinov ishlarini bajarish va foydalanishga topshirish ishlariga tadbiq etiladi.

3. RH 01-003:2022 “Yong‘in avtomatika qurilmalari. Texnik xizmat ko‘rsatish va rejaviy-ogohlantiruv ta'mirlash” qoidalari korxona, muassasa va tashkilotlarga o‘rnatilgan va ishga tushirilgan yong‘in avtomatika tizimlari, qurilma va vositalarini texnik xizmat ko‘rsatish va rejaviy-ogohlantiruv ta'mirlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va ularni bajarish tartibini belgilaydi.

4. RH 01-004:2022 “Avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari, yong‘in va qo‘riqlash signalizatsiyalari. Grafikli shartli belgilar” avtomatik yong‘in o‘chirish va signalizatsiyasi tizimlarini loyihalashda ularning grafikli belgilarini hamda tasvirlarini belgilashda ushbu sohada umume'tirof etilgan belgilarni, grafikalarni, xarf-raqamlarini, kodlarini belgilashda xalqaro standartlarga keltirish vazifasi hal etilgan.

5. ShNQ 2.01.19 “Portlab-yonish va yong‘in xavfi bo‘lgan xonalar, bino va inshootlar hamda tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” me'yoriy hujjati yangi tahrirda ishlab chiqildi. Ushbu me'yoriy hujjatni ishlab chiqishdan asosiy maqsadi xonalar, bino va inshootlar hamda tashqi qurilmalarni portlab-yonish va yong‘in xavfi toifalarini aniqlash sohasida me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat bo‘lib, ilmiy-texnik darajasini zamon talablariga muvofiq keltirish, yangilash, davlat tiliga tarjima qilish, loyihalash va standartlashtirishning xalqaro amaliyoti bilan uyg‘unlashtirilgan.

6. “Ochiq maydonlarda barpo etiladigan yangi yil bayrami archalarini o‘rnatish, montaj qilish va foydalanish joylarining texnik mustahkamligi va yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma” ishlab chiqilib, unda archalardan foydalanish jarayonida favqulodda vaziyatlarning oldini olish tartibi belgilangan.

7. “Yong‘inni avtomatik tarzda o‘chirish va yong‘in signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, ta'mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabardor qilish” faoliyati yuzasidan yuridik shaxslarga uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi. Ushbu qo‘llanmada vakolatli organga xabarnoma yuborish va to‘ldirish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda faoliyatning talab va shartlari bilan tanishtirish usullari o‘z aksini topgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech