FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

Milliy matbuot markazida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda

Mamlakatimizda ob-havo haroratining keskin pasayib ketishi aholining isitish moslamalariga nisbatan ehtiyojini sezilarli darajada oshiradi. Qayd etish joizki, bunday holatlarda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik turli baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaradi. Asosiy xavflardan biri bu – is gazidan zaharlanishdir. Achinarlisi, aksariyat hollarda is gazi to‘g‘risida yetarli ma'lumotlarga ega bo‘lmagan insonlar aynan uning qurboniga aylanishmoqda.

Ayni dolzarblikdan kelib chiqqan holda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan joriy yilning 1 dekbar kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi

Unda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi tashkilot xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar. Mazkur tadbirda mutaxassislar tomonidan is gazining kelib chiqishi, undan zaharlanish oqibatlari, bu borada olib borilayotgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risida ma'lumotlar berib o‘tildi.

Tadbir davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech