Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot

Bugun, 18-avgust kuni soat 09:40 da Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumani Qori-Niyoziy ko‘chasida joylashgan 8-qavatli uyning 5-qavatida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:45 da yetib borib, yong‘in soat 09:56 da qurshab olingan va soat 09:58 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida xonadonning ayvon (balkon) qismini taxminan 18-20 kv.m maydonda ichki, shift qismi va uy-jihozlari yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qo‘shni xonadaonlarga o‘tib ketishning oldi olingan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab qoladi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech