Bugun, 25-may kuni FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institudida Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalardagi moliya-iqtisod yo‘nalishida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar ishtirokidagi respublika o‘quv seminariga start berildi. Seminarni Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev ochib berdi. Maqsad islohotlarning mazmun-mohiyati, joylardagi dolzarb muammolarni bosqichma-bosqich yechimini topish, shuningdek, kasb mahorati va bilim saviyalarini oshirish, qonunchilik, ijro, hamda xizmat intizomini yaxshilashdan iboratdir. O‘quv seminari 27-may kuniga qadar davom etadi.
Moliya-iqtisod yo‘nalishida respublika o‘quv seminari o‘tkazilmoqda
- Qo'shildi: 25.05.2023
- Chop etish
- Ko'rishlar: 1006